Farg‘onada erkak aliment sabab xotini va 2 yoshli qizini o‘ldirdi
3-sahifa
−
04 noyabr 6730 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani Nursuh mahallasida yashovchi 34 yoshli erkak aliment to‘lovi sababli xotini va 2 yoshli qizini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, kecha, 3 noyabr kuni soat 18:00 larda 1991 yilda tug‘ilgan erkak 1998 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i bilan farzandi uchun aliment to‘lovlari masalasida janjallashib qolgan. Erkak oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘i va 2023 yilda tug‘ilgan qiziga tan jaroxati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.
Olingan jarohatlar oqibatida ayol va voyaga yetamagan qiz shifoxonada vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida erkak ayoli va uning yangi tug‘ilgan farzandiga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik qilib, ularni 5 oy davomida majburan molxonada saqlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi