Qirg‘izistonda 17 yoshli qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketildi (video)
Olam
−
02 Oktabr 17232 2 daqiqa
Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Yetti-O‘g‘uz tumani Barskaun qishlog‘ida yashovchi 17 yoshli Oysuluv ismli qiz zo‘rlab, keyin o‘ldirib ketildi. Bu haqda “Turmush” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u tushdan keyin uyidan chiqib, dugonasining oldiga, Qorako‘l shahriga ketgan. Yo‘lda unga Honda Stream mashinasi to‘xtagan, rulda esa ilgari bir necha marta sudlangan 1984 yilda tug‘ilgan erkak bo‘lgan.
Oysuluv dugonasining oldiga yetib bormagan: erkak uni olma bog‘iga olib borib zo‘rlagan, so‘ngra boshqa joyga olib chiqib bo‘g‘ib o‘ldirgan. U qizning jasadini Kemin tumaniga tashlab ketgan va Bishkekka qochib, telefonini ham ataylab yo‘qotgan.
Taxminan soat 19:30 da Oysuluvning qarindoshlari politsiyaga murojaat qilgan, ammo u paytga kelib qiz allaqachon o‘ldirilib ketilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar gumonlanuvchini qisqa vaqt ichida qo‘lga olgan.
Oysuluv 30 sentyabr kuni o‘z qishlog‘ida dafn etildi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qizni 41 yoshli Bishkek shahrida yashovchi erkak zo‘rlagan va keyinchalik qilgan qabih ishi fosh bo‘lmasligi uchun o‘ldirgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan va zarur ekspertizalar tayinlangan.
Qizning qarindoshlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar 3 kun o‘tmaguncha ariza qabul qila olmasligini aytgan.
IIV xizmat tekshiruvi o‘tkazib, bu ma’lumotlar yolg‘on ekanini aniqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu voqea ortidan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakatda o‘lim jazosini joriy etishni taklif qilgandi. Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, bolalar va ayollarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish shart.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr