Kriminal avtoritet “Kolya Qirg‘iz” jinoiy guruhi a’zosi ushlandi
Olam
−
14 Sentabr 7955 2 daqiqa
Qirg‘izistonlik marhum kriminal avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev (Qamchibek Asanbek)ning uyushgan jinoiy guruhi a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan, qirg‘izistonlik ushbu shaxs Qozog‘istonning Olmaota shahri chekkasida ushlangan. U 2008 yilda jinoiy guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro janjal paytida sodir etilgan qotillikda gumon qilinmoqda.
Umuman, sentyabr oyining boshidan buyon qidiruvda bo‘lgan 81 nafar shaxs qo‘lga olindi, 58 nafar bedarak yo‘qolgan shaxsning manzillari aniqlandi. Ostonada bir qator firibgarliklarni sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi, yetkazilgan zarar miqdori 160 million tengedan oshadi. Bundan tashqari, MDH davlatlari va boshqa hududlarda 28 nafar jinoyatchi qo‘lga olingan. Poytaxt aeroportida Moldova Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2013 yildan beri qidiruvda bo‘lgan Rossiya fuqarosi ko‘rsatilgan davlat fuqarosini o‘g‘irlab, undan 150 ming AQSH dollarini undirayotgan paytda qo‘lga olindi.
Ma’lumot uchun, Qamchibek Asanbek Qirg‘iziston va MDHdagi eng nufuzli “vorzakon”lardan biri bo‘lgan. Taxallusi – “Kolya Qirg‘iz”. U narkotik biznesi, qurol-yarog‘ savdosi, tovlamachilik, qora ko‘chmas mulk, talonchilik, avtomashina o‘g‘irlash, banditizm, "pul yuvish", davlat mulkini o‘g‘irlash va buyurtma asosida qotillik qilish bilan shug‘ullangan. U Qirg‘izistondagi millionerlardan biri edi.
Qayd etish joiz, 2020 yildan beri Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi kriminal avtoritetni bir necha bor hibsga olgan. 2023 yilning avgustida Qamchibek Ko‘lboyevga nisbatan jinoyat ishi da’vo muddati o‘tgani sababli tugatilgan. Kriminal avtoritet Qamchibek Asanbek Qozog‘istonda transmilliy jinoiy tashkilot tuzishda gumon qilingan. U 2023 yilning oktyabr oyida Bishkekda o‘ldirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirg‘izistonlik marhum kriminal avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev (Qamchibek Asanbek)ning tansoqchisi Ulan Barchakeyev Moskva shahrida qo‘lga olingandi. 53 yoshli Barchakeyev jinoyat olamida “Uzun Ulan” laqabi bilan tanilgan. “Uzun Ulan” 2019 yilda Bishkekda sodir etilgan talonchilik hujumida ayblanmoqda. Keyin u chet ellik tadbirkordan juda katta mulkni tortib olgan. Barchakeyev ayni paytda Moskvadan Bishkekga olib kelingan.
Live
Barchasi