Avstriya 14 yoshgacha bo‘lgan qizlarga hijob o‘rashni taqiqlamoqchi
Olam
−
27 avgust 2295 2 daqiqa
Avstriya hukumati 14 yoshgacha bo‘lgan maktabda tahsil olayotgan o‘quvchi qizlarga hijob o‘rashni taqiqlamoqchi. Bu haqda mamlakatning Yoshlar va oila ishlari bo‘yicha vaziri Klaudiya Plakolm Avstriya matbuot agentligiga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Plakolmning aytishicha, hijob o‘rashni rasmiy ravishda taqiqlash bilan birga zarurat tug‘ilganda o‘quvchilarga ota-onalar bilan suhbatni ham o‘z ichiga olgan psixologlar yordami ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, maktab bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish organlarini ham jalb qilishi mumkin.
“Menga ayonki, bu bolalarni himoya qilish masalasi. Men uchun bu diniy sababga ega emas, chunki ro‘mol, ayniqsa, 14 yoshdan kichik bolalar uchun kerak emas. U Islomda ham majburiy hisoblanmaydi. Rejalashtirilayotgan hijob o‘rashni taqiqlash bu din masalasidan ko‘ra bolalarning farovonligi masalasidir”, deydi Klaudiya Plakolm.
Hijobini yechmagan qizlarga nisbatan chora qo‘llanilishi yoki qo‘llanmasligi va bu tartibning qachondan kuchga kirishi hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Vladimir viloyatidagi maktablarda o‘quvchilarning diniy mansubligini ko‘rsatuvchi kiyim, jumladan, hijob va niqob kiyish taqiqlangandi. Qaror Svetlana Boltunova – o‘lkaning Ta’lim va yoshlar siyosati vaziri tomonidan imzolangan. Vazirlik o‘zining VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida diniy kiyimdagi taqiq Rossiyaning “cherkov davlatdan, jumladan, dunyoviy ta’lim sohasidan ajratilgan” dunyoviy mamlakat ekanligi bilan bog‘liqligini qayd etgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr