Andijonda kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Andijon tumanida kuyov qaynotasining uyiga kelib, uning avtomobilini yoqib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat bugun, 3 avgust kuni Andijon tumanining Zangibobo mahallasida sodir bo‘lgan. Soat tungi 01:28 da mahallaning Uchko‘prik ko‘chasida yashovchi O‘.U. ismli fuqaro “102” qisqa raqamiga xabar berib, uyining oldida turgan, o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia-2 avtomashinasini sobiq pochchasi A.X. o‘rtalaridagi o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababli yoqib yuborganini aytgan.

Shundan so‘ng voqea joyiga tergov-tezkor guruhi yetib borib, surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan gumonlanuvchi shahsga nisbatan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Payariq tumanida erkak turmush o‘rtog‘ining uyiga borib, 62 yoshli qaynotasi va 60 yashar qaynonasini pichoqlab o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon IIB jinoyat ishi Nexia-2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing