Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesish yoki yo‘q qilish uchun javobgarlik belgilangan. Ma’muriy javobgarlikka ko‘ra, ruxsatnomasiz daraxt kesganlik uchun jismoniy shaxslarga 5 BHMgacha, mansabdor shaxslarga 10 BHMgacha, yuridik shaxslarga esa 50 BHMgacha jarima solinadi. Agar daraxt kesish katta zarar yetkazsa, guruh bo‘lib yoki Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksiga muvofiq 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. Tabiat muhofazasi hududlaridagi daraxtlarni kesish uchun jazo yanada og‘irroq.
Toshkentda daraxt kesishga cheklov bekor qilinishi kerak – Murod Nazarov
Jamiyat
−
18 iyul 13392 2 daqiqa
Tadbirkor Murod Nazarov Toshkent shahrida qurilish qilayotganlarga daraxt kesishga cheklov qo‘yish noto‘g‘ri ekanini aytdi. Bu haqda u kecha, 17 iyul kuni Savdo-sanoat palatasining qurilish sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida so‘z ochdi.
Uning aytishicha, tadbirkorlar qurilish jarayoniga xalal bergani uchun ayrim daraxtlarni kesishga majbur bo‘lmoqda.
“Toshkent shahri bosh rejasiga tuzatish kiritilyapti. Bundan buyon poytaxtda qurilishlar yo renovatsiya, yo rekonstruksiya hududlarida bo‘ladi. Tabiiyki, bo‘sh joy yo‘q. Har bir bino atrofida daraxt bor. Daraxtlarni o‘ylamasdan kesib tashlashgani uchun katta rezonansga olib kelib, moratoriy qo‘yilgandi. Lekin tan olish kerak, bu joylarda hatto rekonstruksiya paytida texnikaga daraxtlar xalaqit beradi. Va qandaydir yo‘llar bilan baribir daraxtlar kesilyapti. Cheklov qo‘yish kerak emas, cheklovlar korrupsiyani kuchaytiradi. Imtiyozlarga ham qarshiman”, degan Nazarov.
Murod Nazarov mazkur masalaga yechim sifatida quruvchi kompaniya zimmasiga kesilgan daraxtlar o‘rniga yangilarini ekishni yuklash kerakligini aytdi.
“Har bir quruvchi kompaniya yoki bo‘lmasa uchinchi shaxs “daraxtlar banki” ustida ishlasin. Masalan, biz kelasi yoki undan keyingi yilda taxminan qancha qurilish qilishimizni bilamiz. Taxminan nechta daraxt kesilishi mumkinligini ham hisoblaymiz. Oldindan yangi daraxtlarni ekib qo‘yaylik. Ertaga nechta daraxt kesishga to‘g‘ri kelsa, diametri, ko‘rsatkichlari belgilab qo‘yilsin. Kerak bo‘lsa, uchinchi shaxslar bu bilan shug‘ullansin. Chunki oldindan daraxt ekmagan kompaniya bo‘lsa, daraxtni uchinchi shaxsdan sotib olsin. Natijada daraxt ekishga ham investitsiyadek qaraladi. Masalan, Mirobod tumanida kesadigan bo‘lsak, yangi ekilgan daraxtlarni o‘sha tuman balansiga (kesilgan daraxt o‘rniga) o‘tkazib qo‘yaylik. Cheklov bo‘lgandan ko‘ra, shunday mexanizm yarataylik”, dedi tadbirkor.
Live
Barchasi