Ukraina mamlakatni qayta tiklashga necha yil va qancha summa ketishini ma’lum qildi

Olam

image

Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal bugun, 10 iyul kuni Kiyev uch yildan ortiq davom etgan urushdan so‘ng Ukrainani qayta tiklash xarajatlari 14 yil ichida 850 milliard yevro bo‘lishini aytdi. Bu haqda Bosh vazir Rimda Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha konferensiya davomida so‘z ochdi.

Shmigal unga video havola orqali qo‘shildi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Rimga shaxsan o‘zi bordi.

“Bizning konsepsiyamiz umumiy hajmi 1 trillion AQSH dollariga teng bo‘lgan ikkita jamg‘arma yaratishni nazarda tutadi”, dedi Shmigal.

Unga ko‘ra, birinchi fond – Kiyev tomonidan boshqariladigan “Ukraina jamg‘armasi” Rossiyaning xorijdagi musodara qilingan 460 milliard yevrodan ortiq aktivlari, shuningdek, Rossiya xomashyosi eksporti uchun maxsus soliq hisobiga moliyalashtirilishi kerak. Qariyb 400 milliard yevro hajmdagi ikkinchi fond xususiy sarmoya hisobidan shakllantirilishi lozim.

Shmigal, shuningdek, ittifoqchilarni 2026 va 2027 yillardagi Ukraina byudjeti taqchilligini qoplash uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslar ajratishga chaqirdi.

“Harbiy xarajatlar hozirda 100-120 milliard dollarni tashkil etadi. Tinchlik davrida va qurol ishlab chiqarishni hisobga olmaganda, Ukraina qo‘shinlarini saqlash yiliga 50 milliard yevroga tushadi. Biz bu summaning yarmini Yevropa Ittifoqi bilan ta’minlashni kutmoqdamiz”, dedi Bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayen Ukrainani tiklash uchun 2,3 milliard yevrolik yangi moliyaviy yordam paketni taqdim etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy byudjet taqchilligi Denis Shmigal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing