Yevropa yetakchilari siyosatga qaytishimni so‘rashyapti – Bayden

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Yevropa yetakchilari va rasmiylari unga tez-tez qo‘ng‘iroq qilib, Qo‘shma Shtatlar siyosiy hayotida faolroq ishtirok etishini so‘rashadi. Bu haqda sobiq prezident San-Diyegoda (Kaliforniya shtati) Society for Human Resource Management notijorat tashkilotining qurultoyida aytdi.

“Menga qo‘ng‘iroq qilishyapti, lekin men AQSH siyosatiga qaytmoqchi emasman. Bir qator Yevropa yetakchilari mendan qaytishimni so‘rayapti, lekin men buni qilmayman”, dedi u.

Bayden, shuningdek, Qo‘shma Shtatlardagi ko‘plab demokratlar va respublikachilar bilan aloqada ekanini ta’kidlab, o‘zlari uni uchrashuvlarga taklif qilishlarini va maslahat so‘rashlarini qo‘shimcha qildi.

Qolaversa, u “shu yilning mart oyida” nashr etilishi kerak bo‘lgan xotiralarini tez orada yakunlash uchun jonini jabborga berib ishlayotganini aytdi.

Ma’lumot uchun, Jo Bayden 2021-2025 yillarda AQSHni boshqargan 46-prezident. U Demokratik partiyadan saylangan. Bayden 2009 yildan 2017 yilgacha prezident Barak Obama davrida 47-vitse-prezident lavozimida ishlagan. 1972 yildan 2009 yilgacha esa AQSH Senatida Delaver shtatidan vakillik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  82 yoshli Jo Baydenga agressiv prostata saratoni tashxisi qo‘yilgandi. U saraton kasalligini davolash uchun unga buyurilgan dori-darmonlarni qabul qila boshlaganini aytdi


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing