Japarov Moskvaga bordi. U Putin bilan uchrashadi

Olam

image

Bugun, 2 iyul kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Moskvaga yetib bordi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qirg‘iziston Prezidentining samolyoti “Vnukovo-2” xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Aeroportda Prezident Sadir Japarovni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida davlat rahbari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.

“Tomonlar Qirg‘iziston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalarini, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sarmoyaviy sohalarni muhokama qiladi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Es’latib o‘tamiz, Putin va Japarov 27 iyun kuni Belarusning Minsk shahrida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etgandi.

Marjona Murodova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing