Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini borib ko‘rdi
Jamiyat
−
18 iyun 10796 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 18 iyun kuni “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Toshkent-Sharqiy” aeroporti ham qayta qurilmoqda. Avvalo, 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yangilanib, eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda yuqori martabali mehmonlar hamda biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal, perron va angarlar barpo etilmoqda.

Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni ta’minlovchi ICAO III-A toifasidagi ilg‘or radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Yopiq angarlarda samolyotlar soz va xavfsiz saqlanishi uchun zamonaviy sharoitlar ta’minlanadi.

Eng muhimi, qulay joylashuvi bilan aeroport poytaxt va Yangi Toshkent shahri uchun istiqbolli bandargoh, Toshkent viloyatining turizm salohiyatida qo‘shimcha afzallik bo‘ladi.

Davlat rahbari aeroportning texnik imkoniyatlari, terminallarning dizayniga oid taqdimot bilan tanishdi. Qurilishni jadallashtirish, investorlarga sharoit yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Live
Barchasi