Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Rossiya butun Yevropa uchun tahdidga aylandi – Makron 

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron zamonaviy Rossiya butun Yevropa, jumladan, Fransiya uchun tahdidga aylanganini va u Ukrainada to‘xtab qolishiga hech qanday asos ko‘rmayotganini aytdi. Bu haqda u kecha, 5 mart kuni kechqurun xalqqa yo‘llagan murojaatida so‘z ochdi.

Fransiya Prezidenti Yevropa fuqarolarining xavfsizligi va farovonligi endi xavfsiz ko‘rinmasligini ta’kidlab, xususan, Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi uch yildan buyon davom etayotgani, AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirayotgani va o‘z ittifoqchilari bilan savdo urushi boshlagani, terrorchilik xavfi saqlanib qolayotganini ta’kidladi.

Fransiya Yevropaga yadroviy qalqon taklif qilmoqda north_east

Fransiya Yevropaga yadroviy qalqon taklif qilmoqda

“Aytish kerak: biz yangi davrga qadam qo‘ymoqdamiz”, dedi Makron.

Prezidentning ta’kidlashicha, Rossiya allaqachon Ukrainaga qarshi jahon miqyosidagi urushning chizmalarini berib, KXDRdan qo‘shinlar va Eron qurollarini olib kelgan, shu bilan birga, Rossiya Pxenyan va Tehronga bir vaqtning o‘zida yordam berib, Kremlning Yevropadagi muxoliflarini o‘ldirishdan tortinmayapti, saylovlarga aralashmoqda, kiberhujumlarni amalga oshirmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on axborot tarqatish orqali jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilishga urinmoqda va “havoda, dengizda, kosmosda va qurilmamiz ekranlari orqasida ruxsat etilgan chegaralarni sinovdan o‘tkazmoqda”.

“Bunday vaziyatda kuzatuvchi bo‘lib qolish aqldan ozish bo‘ladi”, dedi u.

Makronning fikricha, Fransiya Ukrainaga yordam berish hamda o‘z fuqarolari va butun Yevropa xavfsizligi uchun jiddiy qarorlar qabul qilishi kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Frantsiya Evropa Ukraina Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing