60 ming dollarni “uxlatgan”likda ayblangan o‘zbekistonlik Istanbulda ushlandi

3-sahifa

image
image

Bugun, 10 sentyabr kuni firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berilgan Doniyorjon Murodil o‘g‘li Muqimjonov O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida 2022-2023 yillarda ishonchga kirish yo‘li bilan o‘zgalarning umumiy hisobda qariyb 60 (oltmish ming) AQSH dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘llari bilan o‘zlashtirganlikda ayblanib, 2023 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 32 yoshli Doniyorjon Muqimjonov Istanbul shahrida qo‘lga olingan.

Bugun, 10 sentyabr kuni u Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi.

“Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2021 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Shahnoza Sayidmurodovna Rahmatova Istanbul shahrida qo‘lga olingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

60 ming dollar Doniyorjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar