Britaniya saylovlari: konservatorlar yirik mag‘lubiyatga uchradi

Olam

image

Buyuk Britaniyada mahalliy saylovlarning dastlabki natijalari mahalliy kengashlarda hukmron Konservativ partiyadan vakillar soni qisqarganidan dalolat beradi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

2 may kuni Angliya va Uels xalqi to‘rt yillik muddatga munitsipalitetlar rahbarlari, shahar kengashlari va politsiya komissarlarini aniqlash uchun ovoz berdi. 107 ta okrugda bo‘lib o‘tgan ovoz berish natijalari 102 ta shahar kengashida e’lon qilindi.

Shunday qilib, birinchi saylov natijalari shuni ko‘rsatadiki, muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi munitsipal kengashlar a’zolari sonini 1026 nafarga oshirdi va 173 yangi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Hukmron Konservativ partiya 448 o‘rinni yo‘qotdi va munitsipal kengashlar a’zolari sonini 479 taga qisqartirdi.

Liberal-demokratlar 101, mustaqil nomzodlar 92 va “Yashillar” 65 yangi o‘ringa ega bo‘ldi.

Angliyada sobiq konservativ deputat Skott Benton iste’foga chiqqanidan so‘ng, mahalliy saylovlarda Janubiy Blekpul uchun yangi deputat ham saylandi. Asosiy muxolifatdagi Leyboristlar partiyasidan nomzod Kris Uebb oraliq saylovlarda g‘alaba qozondi.

Yaqin 4 yil davomida Britaniya poytaxtini boshqaradigan London meri yaqinda e’lon qilinadi.

Ko‘pgina munitsipalitetlarda ovozlarni sanash davom etmoqda. Yakuniy natijalar ertaga, 5 may kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Saylovda Angliya va Uelsdagi 39 nafar politsiya va jinoyat komissarlari ham aniqlanadi.

Ushbu mahalliy saylovlar qonun bo‘yicha 2025 yil 28 yanvargacha o‘tkazilishi kerak bo‘lgan navbatdagi umumiy saylov oldidan partiyalar uchun muhim poyga hisoblanadi. Ayni paytda Buyuk Britaniya Bosh vaziri, konservator Rishi Sunak 2 may kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarning qisman natijalariga izoh berar ekan, mahalliy saylov natijalaridan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya saylov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made