Qozog‘istonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Samarqandda ushlandi 

3-sahifa

image

Qozog‘istonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Samarqandda qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Bildirilishicha, 1987 yilda tug‘ilgan Olmaota viloyati Talgar shahri Varshava ko‘chasida yashovchi D.S. Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 189-moddasi 4-qismi bilan ayblanib, Jambil viloyati Taraz shahar IIB tomonidan davlatlararo qidiruvga berilgan. U Samarqand viloyat IIB patrul-post xizmatining tumanlararo guruhi xodimlari tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar hududida qo‘lga olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Jambil viloyatida 18 yildan beri davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Samarqand IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing