Zidan “Real”dan “Bazel”ga o‘tmoqchi

Sport

photo_2019-04-05_16-50-59

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zeniddin Zidanning o‘g‘li darvozabon Luka Zidan Shveysariyaning “Bazel” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda El Confidencial nashri xabar bermoqda.

20 yoshli fransiyalik darvozabon va “Real” o‘rtasida tuzilgan shartnoma shu yilning iyul oyida o‘z kuchini yo‘qotadi. Klub rahbariyati uni uchinchi darvozabon sifatida jamoada olib qolishi mumkin. Ammo kichik Zidan ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlamoqda.

Ma’lumot uchun Luka joriy yilning 31 mart kuni “Santiago Bernabeu” stadionida Ispaniya chempionatining 29 turida “Ueska” jamoasi bilan o‘yinda o‘z debyutini o‘tkazgan edi. Bahs davomida darvozabon raqiblaridan 2 ta gol qabul qilib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Zeniddin Zidan Luka Zidan

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing