Zidan Mbappe transferidan voz kechdi

Sport

image

Fransiyalik murabbiy Zidan o‘z hamyurti Mbappeni “Real”ga olib kelish fikridan voz kechgan. B uhaqda "Don Balon" nashri xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining “qirollik klubi”ga o‘tishi 300 mln yevroga tushadi. Madridliklar ustozi Zinedin Zidan esa bor transfer byudjetini birgina futblchiga sarflamoqchi emas. U Florentino Peresga Mbappega nisbatan arzonroq bo‘lgan futbolchilar – Eden Azar va Pol Pogbaganing transferiga ko‘proq e’tibor qaratishni iltimos qilgan.

Oldinroq, “Chelsi” Azar uchun 116 mln yevro talab qilayotgani haqida xabar bergan edik. Madridliklar futbolchi uchun 100 mlndan ortiq sarflamoqchi emas.

“Real” Mbappe o‘rniga “Liverpul” forvardi Sadio Maneni olib kelishi mumkin. Bu transferga taxminan 150 mln yevroni talab qiladi. Lekin futbolchining “Liverpul” bilan shartnomasidagi tovon puli 230 mln yevro qilib ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Zinedin Zidan

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing