Jizzaxda sifatsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarishga chek qo‘yildi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida aholi sog‘lig‘iga zarar keltiruvchi, sifatsiz yog‘ mahsulotlarining ishlab chiqarilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “D.” MCHJ mas’ul shaxslari “Toqchilik” MFY hududida joylashgan noturar binoda yashirin sex tashkil etib, ushbu sexda iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, tadbir davomida 40,6 tonna chigit, 1 030 litr qo‘lbola yog‘ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida ham iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan xonadonlar aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

sifatsiz yog' mahsulotlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar