Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va moliya vaziri etib qayta tayinlandi

Jamiyat

image

Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu bo‘yicha bugun, 3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmon imzoladi.

Keltirilishicha, bundan ilgariroq Jamshid Qo‘chqorovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Ma’lumot uchun, Jamshid Qo‘chqorov 1964 yil 19 oktyabr kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining makroiqtisodiy tahlil va bashorat qilish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan, O‘zbekiston Moliya vazirligini boshqargan. 2020 yil 24 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sherzod Qudbiyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov vazir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made