Qirg‘izistonda COVID-19 ga chalingan tibbiyot xodimlari soni yana ortdi

Olam

image

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 377 nafarga yetdi. Bu haqda COVID-19 ga qarshi kurash Respublika shtabi ma’lum qilmoqda. 

12 aprel kuni mamlakatda 38 nafar odamda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan. Ular orasida 12 nafar tibbiyot xodimi ham bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda umumiy hisobda 62 nafar tibbiyot xizmatchisi ushbu kasallikni yuqtirib olgan. 

Mamlakatda SOVID-19 dan vafot etganlar soni 5 kishini tashkil etmoqda.

Bugunga kelib dunyo mamlakatlarida 1 777 666 nafar odam koronavirus bilan zararlangan. Ushbu kasallikdan vafot etganlar esa 108 867 nafarga yetdi. COVID-19 infeksiyasidan 404 372 kishi sog‘aygani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

166

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing