“Real”dan “Yuventus”ga buyuk ko‘chish boshlandi

Sport

image

Italiyaning “Yuventus” klubi rahbariyati shu yozgi transferlar vaqtida Madridning “Real” klubidan birdaniga 4 nafar futbolchini sotib oladi.

Gap braziliyalik himoyachi Marselo, yarim himoyachilar – kolumbiyalik Xames Rodriges, ispaniyalik Manuel Isko va Danni Sebaloslar haqida bormoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, madridliklar ushbu futbolchilarni sotib yuborishga tayyor. “Real” moliyaviy feyr-playga amal qilgan holda ushbu mavsum 300 mln yevro ishlab olishi kerak.

Sababi “qirollik klubi” o‘z safiga bir qator kuchli futbolchilarni qo‘shib olish niyatida. Hozirgacha “Real” o‘z tarkibiga Azar, Militao va Luka Yovich kabi futbolchilarni qo‘shib oldi. Jamoa shu uch transferning o‘ziga 250 mln yevroga yaqin pul sarfladi.

Bundan tashqari, ushbu yozda har biri 100 mln yevrodan qimmat turadigan Pogba, Erikson kabi futbolchilar Madrid klubiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Yuventus Marselo Isko

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing