Yevropa ligasi finalidan so‘ng “Arsenal” futbolchisi “Chelsi”ga o‘tadi

Sport

image

Xabaringiz bor, Chexiya terma jamoasi sobiq darvozaboni Petr Chex uchun joriy mavsum futbolchi sifatidagi eng so‘nggisiga aylanadi.

“Arsenal” ikkinchi raqamli posboni Yevropa ligasining “Chelsi”ga qarshi hal qiluvchi bahsidan so‘ng futbolchilik faoliyatiga rasman yakun yasaydi.

Shundan so‘ng, u sobiq jamoasi “aristokratlar”ning sport bo‘limi rahbari etib tayinlanadi. Qayd etish joizki, “Chelsi”da mazkur o‘rin 2017-yildan buyon bo‘sh turibdi. So‘nggi marotaba klubning texnik direktor vazifasini Maykl Emenalo bajargandi. 

Eslatib o‘tamiz, chexiyalik 37 yoshli darvozabon 2004-2015 yillar oralig‘ida “Chelsi” safida o‘ynagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Arsenal Petr Chex

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing