Messi yoki Ronaldu? Palmer o‘z javobini aytdi
Sport
−
06 aprel
3042“Chelsi” yarim himoyachisi Koul Palmer hujumchilar Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasida tanlov qildi.
“Shubhasiz, Messining o‘yin uslubi va qo‘lga kiritgan barcha shaxsiy sovrinlarini hisobga olsak u barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. Messi yaqqol Ronaldudan oldinda, lekin Krishtianu ham eng zo‘rlar ro‘yxatida”, deydi Palmer.
Ma’lumot uchun, Palmer “Manchester Siti” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi o‘tgan yilgi yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida 47 million yevro evaziga “Chelsi”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi londonliklar safida barcha turnirlarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 55 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi