Dollarning rasmiy kursi uzoq o‘sishdan keyin arzonladi
Jamiyat
−
26 avgust 2019
9980O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 27 avgustdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9373,93 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 10,07 so‘mga arzonlashdi.
1 yevro kursi esa 52,59 so‘mga qimmatlab, 10446,31 so‘mni tashkil etdi.
Rubl kursining qiymati ham 1,78 so‘mga qimmatlashib, 1 rubl 141,92 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi