Mirzo Ulug‘bek tumani IIBning manzili o‘zgardi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Mirzo Uluhbek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIO FMB) binosi boshqa joyga ko‘chirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

“Shuni ma’lum qilamizki, Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB boshqa binoga ko‘chgani sababli 30 may kunidan quyidagi manzilda o‘z faoliyatini davom ettiradi. Manzil: Buyuk Ipak Yuli ko‘chasi, 243 uy (“Nodira Begim” mahallasi, mo‘ljal – sobiq Toshkent viloyati IIB, “Gulshan” bog‘i qarshisida). Navbatchi qism telefonlari: 71-267-33-50, 71-267-33-62 va 102”, deyiladi xabarda.

Raqamlash tartibi o‘zgargani sababli, Mirzo-Ulug‘bek tumani “Olmachi”, “Podshobog‘”, “Elobod”, “Buyuk Ipak Yuli”, “Turon” mahallalariga xizmat ko‘rsatadigan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 1-ichki ishlar bo‘limi endi 6-ichki ishlar bo‘limi bo‘ldi va 30 maydan shu manzilda joylashgan: Bo‘z bozor ko‘chasi, 4 uy (manzil: Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, Mirzo Ulug‘bek Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi). 

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 6-ichki ishlar bo‘limi telefonlari 71-260-15-60 va 102.


Maqola muallifi

Teglar

Mirzo Ulug'bek tumani IIO FMB

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing