Ichki ishlar organi xodimi avtohalokatga uchrab vafot etdi

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Urganch shahar Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIO FMB) boshlig‘i avtohalokatga uchrab vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 4 avgust kuni “Urganch – Xiva” yo‘nalishida yuz bergan. Urganch shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i Yu.T. ga biriktirilgan Lacetti rusumli xizmat avtomashinasi yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan. Sodir bo‘lgan YTH oqibatida T.Yu. hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov haj safarida avtohalokatga uchragan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Xorazm IIO FMB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made