Koronavirus “o‘chog‘i”dan kelgan o‘zbekistonliklar uchun karantin tugadi

Jamiyat

image

COVID-19 koronavirusi paydo bo‘lgan Xitoyning Uxan shahridan olib kelingan O‘zbekiston fuqarolarida virus bilan kasallanish aniqlanmadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Bugun ushbu davolash muassasasida joylashtirilgan 84 nafar fuqaro karantin muddati yakuniga yetishi munosabati bilan uyiga kuzatildi.

Uxan shahridan Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan mazkur reysda 84 nafar fuqaro, shu jumladan, 5 nafar Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi kelgandi. Shundan 61 nafari erkak, 20 nafari xotin-qizlar va 3 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

Yo‘lovchilar maxsus avtobuslarda koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, xavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida Toshkent shahridagi 6-son klinik shifoxonasiga olib borib, joylashtirildi.

Mazkur shifoxonada 110 ta o‘rin tayyorlangan bo‘lib, tibbiy kuzatuv olib borish uchun tegishli tibbiy jihozlar va zarur dori vositalari bilan ta’minlandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda, Uxandan olib kelingan fuqarolarimiz 14 kun davomida xalqaro sanitariya-epedimiologiya talablari asosida qat’iy karantin holatida saqlandi. Karantin davrining boshi va oxirida 84 nafar fuqaro ikki marta koronavirus infeksiyasi bor yo‘qligini aniqlash bo‘yicha virusologik laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Tahlil natijalari biror fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi yo‘qligini aniqlab berdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Xitoyning boshqa hududlaridan olib keingan 294 nafar O‘zbekiston fuqarosi uchun karantin muddati tugagani va ular uyiga kuzatilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

virus karantin Uxan'

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing