O‘zbekiston koronavirus yuqtirganlarni qanday davolayotgani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bugungacha koronavirusga chalingan bemorlarning 25 nafari to‘liq tuzalib, reabilitatsiyaga jo‘natildi. Bu yaxshi natija, albatta. Bunday natijaga erishish uchun shifokorlar qanday preparatlardan foydalanyapti.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov shu va bundan bir necha yil avval Kubada yaratilgan dori koronavirusni davolashi haqidagi savollarga javob berdi.

“O‘zbekiston Republikasida hozir XLORAXIN preparatai katta samara bilan ishlatilyapti. Bu preparat bir vaqtlar bezgak kasalligini davolashda ham ishlatilgan. Hozirgacha 25 kishining koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazilgani, O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan usul samarali ekanini ko‘rsatyapti”, dedi Otabekov.

Nurmat Otabekov bir necha yillar avval Kubada yaratilgan dori bugun AQSHda koronavirusni davolashda foydalanilayotgani, O‘zbekistonda ham uni qo‘llasa bo‘lmaydimi, degan savolga javob berdi.

“Kubada yaratilgan dorining nomi INTERFON ALFA B2”. Bu dorining koronavirusga qarshi samarasini tasdiqlovchi klinik protokollar Jahon miqyosida mavjud emas. Buni mutaxassislar ham tasdiqlashdi”, dedi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 221 nafarga yetdi. Ularning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

641

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing