Aholining valyuta sotib olishi 3 baravar ko‘paydi – MB

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bu avvalgi yilning mos davriga nisbatan 50 foizga yoki 842 mln. dollarga oshdi.

Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 2 mlrd. dollarga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi. 2019 yilning mos davrida - 686 mln dollarni tashkil qilgan. 

Natijada, ushbu operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo (sof taklif) 501 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 489 mln dollarga (yoki 49 foizga) kamaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank valyuta

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing