Bugun Ronaldu 35 ga to‘ldi. U 40 yoshigacha futbol o‘ynay oladimi?

Sport

image

Italiyaning "Yuventus" klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu 40 yoshiga qadar professional darajada o‘ynashligini bildirdi. Bu haqda “Tuttosport” nashri yozmoqda.

Bugun, 5 fevral kuni "Oltin to‘p"ning besh karra g‘olibi o‘zining 35 yilligini nishonlamoqda.

“Ko‘p narsa o‘zimni qanday his qilishimga, motivatsiyaga bog‘liq bo‘ladi. Chunki jismoniy ko‘rsatkichlar nuqtai nazaridan, bu hech qachon muammo bo‘lmagan. Men 40 yoshgacha muammosiz o‘ynay olaman, deb o‘ylayman", dedi Ronaldu.

Ammo futbolchining fikriga ko‘ra, eng muhimi bu psixologik omil.

“Qanday bo‘lmasin, hamma narsaning boshi va oxiri bor, shuning uchun men butun umr futbol o‘ynay olmayman, ammo baribir mazmunli yutuqlarga erishishda davom etaman", deb qo‘shimcha qildi hujumchi.

Ma’lumot o‘rnida, Криштиа́нu Рона́лдu dush Са́нтuш Аве́йрu 1985 yilning 5 fevral kuni Portugaliyaning Funshal shahrida tug‘ilgan. U oilada to‘rtinchi farzand bo‘lgan. Ronaldu ismi Portugaliyada kam uchraydi. Otasi uni AQSHning 40-Prezidenti Ronald Reygan sharafiga shunday nomlagan.

2010 yil rossiyalik supermodel bilan munosabat o‘rnatdi, ammo juftlik 2015 yilning yanvarida ajrashdi. 2010 yilning 17 iyun kuni u ota bo‘ldi, kichik Krishtianu surragat yo‘l bilan dunyoga keldi. 2017 yilning mart oyida futbolchi egiz kutayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Shu yilning 5 iyun kuni AQSHda uning Yeva va Metyu deb nomlangan farzandlari dunyo yuzini ko‘rishdi. 2017 yilning 12 noyabrida Jorjina Rodriges ismli ayol unga qiz farzand tug‘ib berdi.

Futbolchi faoliyati davomida "Manchester Yunayted" safida uch marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan. Chempionlar Ligasi sovrindori. “Real” bilan ikki marta Ispaniya chempioni, to‘rt marta Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan. "Yuventus" bilan birga mamlakat chempionligini va Italiya Superkubogini yutib oldi. Portugaliya milliy jamoasi bilan Yevropa chempionati va UEFA Millatlar Ligasida g‘olib chiqqan.

Ushbu mavsumda Ronaldu "Yuve" safida 27 ta o‘yin o‘tkazdi, 22 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Eslatma o‘rnida, bugun futbol olamining yulduzlari hisoblanmish Neymar va Tevesning ham tug‘ilgan kunlari hisoblanadi. Нейма́р da Си́лva Са́нтос Жúниор 1992 yilning 5 fevral kuni Braziliyaning San-Paulu shahrida tavallud topgan. 

Argentinalik hujumchi Ка́рлос Альбе́рто Марти́нес Те́вес 1984 yilning xuddi shu kuni mamlakatning Syudadela shahrida dunyoga kelgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing