“O‘tgan kunlar” ilk bor Amazon'da sotilmoqda

Jamiyat

image

Taniqli o‘zbek adibi Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asari ingliz tiliga tarjima qilindi va ilk bor xalqaro Amazon internet-do‘koni orqali sotilmoqda. Romanning ingliz tilidagi talqini narxi 25 AQSH dollariga baholangan. Asar Mark Edvard tomonidan tarjima qilingan. 

“Barchangizga ma’lumki, hozirgi paytda bu ish O‘zbekistondagi faoliyatimning asosiy yo‘nalishi bo‘lib, ikkinchi Vatanim bo‘lgan mamlakatga chuqur muhabbatni aks ettiradi. Umid qilamanki, bu o‘zbek adabiyotini g‘arb o‘quvchilariga yetkazish bo‘yicha yanada keng qamrovli dasturning birinchi qadamidir. Kindle talqini yaqin orada sotuvga chiqishi kerak va umid qilamanki, romanning lyuks versiyasini yaratish uchun mablag‘ yig‘aman.

Oxir oqibat biz kitobni O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoning boshqa qismlarida, ayniqsa kitob xayriyalari va ochiq manbali usullar orqali tarqatamiz”, deb yozadi tarjimon. 

Roman ingliz tiliga ilk bor tarjima qilanayotgani yo‘q. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” fondi hamda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Lola Karimova-Tillyayevaning tashabbusi bilan joriy yilning boshida “O‘tgan kunlar” romanining o‘zbek va ingliz tillaridagi sovg‘abop nashri chop etilgan edi. 

O‘zbek milliy romanchiligi maktabining ilk namunasi sanalgan ushbu asar Karimov Fondi ko‘magida tarjima qilindi hamda Fransiyaning Nouveau Monde Editions nashriyotida chop etildi.

Roman tarjimasi britaniyalik adabiyotshunos Kerol Yermakova tomonidan amalga oshirildi. Tarjima tahririni Juli Uikenden bajardi.

Ushbu nashr badiiy bezak suratlari taniqli o‘zbek rassomi Bobur Ismoilov tomonidan ishlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Amazon Abdulla Qodiriy O'tgan kunlar

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing