Amerikaning eng boy odami kim?

Bu qiziq

image

Amerikaning “Forbes“ jurnali 3 oktyabr kuni Amerikaning eng boy odamlari kiritilgan 400 kishilik ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatdagi eng boy erkaklar ro‘yxatining birinchi pog‘onasidan 52 yoshli Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask joy oldi. Bildirilishicha, uning boyligi 8 sentyabr holatiga ko‘ra, 251 milliard dollarni tashkil etadi.

Uning boyligi Qo‘shma Shtatlardagi ikkinchi eng boy odami Jeff Bezosdan qariyb 90 milliard dollarga ko‘p. Amazon asoschisi 161 milliard dollar boylikka ega. Kuchli beshlikni dasturiy gigant Orasle kompaniyasi asoschisi Larri Ellison (158 milliard dollar), Berkshire Hathaway kompaniyasi egasi Uorren Baffet (121 milliard dollar) va Google kompaniyasidan Larri Peyj (114 milliard dollar) band etgan.

Shuningdek, ro‘yxatda Amerikaning eng boy ayollari ham keltirilgan. Garchi eng boy ayol ro‘yxatning 14-o‘rnidan joy olgan bo‘lsa-da, bu ancha yaxshi ko‘rsatkich sifatida baholanadi. Ayollar reytingida Walmart asoschisining merosxo‘ri Elis Uolton  66,5 milliard dollar boyligi bilan birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinda 59,8 milliard dollarlik boyligi bilan Koch Industries kompaniyasidan Julia Kox qayd etilgan. 

Mars konfet, oziq-ovqat va uy hayvonlarini parvarish qilish firmasining taxminan uchdan bir qismiga egalik qiluvchi Jaklin Mars 38,9 milliard dollar bilan eng boy ayollar ro‘yxatining uchligini yakunlagan.

“Forbes 400-2023" ro‘yxatiga ko‘ra, AQSHdagi eng boy 400 kishining boyligi umumiy hisobda 4,5 trillion dollarni tashkil qilgan. Dastlabki 20 talikda turuvchi boylarga tegishli mablag‘larning o‘zi jami 1,9 trillion dollarga teng. Tahlilchilarning bildirishicha, bu 20 kishining boyliklari ayni paytda yana  30 foizga ko‘paygan.

Ma’lumot uchun, “Statista“ statistik ma’lumotlar nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida Louis Vuitton brendi asoschisi, fransuz milliarderi Bernar Arnodan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, Capgemini konsalting kompaniyasi so‘nggi 10 yil ichida millionerlar sonining eng katta qisqarishini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Forbes Google Amazon Jeff Bezos eng boy odam SpaceX Ilon Mask Tesla Amerika Mars

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing