Turkiya parlamentida deputatlar ommaviy mushtlashdi (video)

Olam

Turkiya Buyuk Millat Majlisi yig‘ilishida mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning sha’niga aytilgan yomon so‘zlar uchun deputatlar orasida janjal chiqdi.

Milliyet nashrining xabar berishicha, parlamentda Idlibdagi hodisalar muhokama qilinayotganda muxolif Respublikachi xalq partiyasi vakili Engin O‘zko‘ch Rajab Toyib Erdo‘g‘anni haqorat qilgan. Buning ortidan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi va RXM vakillari o‘rtasida 10 daqiqa davom etgan mushtlashuv yuz bergan.

Mushtlashuv O‘zko‘ch Erdo‘g‘anning Respublika xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘luga qo‘yayotgan ayblovlariga tanqidiy munosabat bildirayotganida yuz bergan. Turkiya Prezidenti RXP yetakchisini Idlibda vaziyat keskinlashgan bir vaqtda Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan muzokara o‘tkazishni taklif qilgani uchun “sotqin” deb atagan. O‘zko‘ch o‘z navbatida Erdo‘g‘anni Idlibdagi harbiy harakatlarda qurbon bo‘lgan turk harbiylariga nisbatan “kalla” (jasadga nisbatan qo‘llaniladigan jargon so‘z) so‘zini qo‘llaganlikda hamda sotqinlikda ayblagan.

RXP yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘lu partiya a’zolarining yig‘ilishidagi nutqida Suriyada o‘nlab turk harbiylari halok bo‘lgan bir paytda Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashuv o‘tkazishini keskin tanqid qilgan. Uning fikricha, aynan Erdo‘g‘an Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyatni eplay olmagan.

Anqara Bosh prokuraturasi “Prezidentni haqoratlagani” uchun O‘zko‘chga nisbatan ish ochgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Suriyaning Idlib viloyatida “Bahor qalqoni” operatsiyasni boshlab yubordi. Viloyatdagi keskin vaziyatni yumshatish va o‘zaro murosaga kelish uchun bugun, 5 mart kuni Turkiya va Rossiya Prezidentlari Moskvada uchrashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Idlib mushtlashuv

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing