MDHda koronavirusdan o‘lim darajasi dunyodagidan 5 baravar past

Olam

image
Koronavirus yuqtirganlar 1 500 000 dan oshdi north_east

Koronavirus yuqtirganlar 1 500 000 dan oshdi

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlarida yangi koronavirusdan kasallanish holatlari Ukraina va Gruziyani ham hisobga olganda 18,5 mingga yetdi. TASSning ma’lumotlariga ko‘ra, bu mamlakatlarda koronavirusdan o‘lim darajasi 1,13 foizni tashkil etadi. Dunyoda bu ko‘rsatkich 6,1 foizin tashkil etyapti.

MDH davlatlari orasida koronavirus bilan eng ko‘p Rossiyada qayd etilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 10 131 bemor aniqlangan. Undan so‘ng, Belarus (1486 holat), Moldaviya (1289), Ozarbayjon (926), Armaniston (921), Qozog‘iston (781), O‘zbekiston (582) va Qirg‘iziston (280) joy olgan. Ukrainada 1892 nafar, Gruziyada 218 nafar bemor aniqlangan. Tojikiston va Turkmaniston rasman birorta ham kasallanish aniqlanmagan.

MDH davlatlari orasida Moldaviyada o‘lim darajasi eng yuqori bo‘lib turibdi. Bemorlarning 2,25 foiz vafot etgan. Tashkilotga a’zo boshqa davlatlarda hozircha koronavirusdan o‘lim darajasi 1,5 foizdan oshmaydi. Ammao aniq raqamlar pandemiya yakunlangach, ma’lum bo‘ladi. Eng past ko‘rsatkich Rossiya va O‘zbekistonda (mos ravishda 0,75 foiz va 0,52 foiz) aniqlangan. MDHning boshqa davlatlarida 0,97-1,43 foiz atrofida bo‘lib turibdi. Ukrainada bemorlarning 3,01 foizi, Gruziyada 1,38 foizi vafot etgan.

MDHda koronavirusdan o‘rtacha o‘lim darajasi 1,1 foizga teng. Gruziyadani hisobga olganda ko‘rsatkich 1,13 foizga yetadi. Dunyoda koronavirusdan o‘rtacha o‘lim darajasi 6,1 foizga teng.


Maqola muallifi

Teglar

MDH koronavirus

Baholaganlar

189

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing