Shavkat Mirziyoyev MDXMI rektorini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev “Torkunov Anatoliy Vasilevichni O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, gumanitar sohadagi ko‘p yillik samarali hamkorlikni hamda akademik va ilmiy-ta’lim almashuvlar bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashdagi shaxsiy hissasi, shuningdek, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi bevosita ishtiroki uchun Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori Torkunov Anatoliy Vasilevich O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Anatoliy Torkunov

Baholaganlar

120

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing