Ronaldu ketganidan beri Messi “Real”ga gol ura olmayapti

Sport

image

Kecha, 1 mart kuni Ispaniya chempionati 26-turida Madridning “Real” klubi o‘z uyida Kataloniyaning “Barselona” jamoasini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Bo‘lib o‘tgan ushbu bahsda, “ko‘k-anornanglilar” futbolchisi Lionel Messi raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadi. Argentinalik futbolchi so‘nggi ikki mavsumdan beri “Qirollik klubi” darvozasiga gol urolmayapti. Messi so‘ngi bor, 2018 yili 6 mart kuni “Real Madrid” jamoasi darvozasiga gol urgan. Bo‘lib o‘tgan o‘sha o‘yinda jamoalar murosa yo‘lini tanlagandi. 

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu 2017/2018 yilgi mavsumda “Real Madrid” tarkibida so‘nggi bor “el-klassiko”da ishtirok etgan. O‘shanda, Ronaldu ham Messi ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygandi.

Shundan so‘ng, portugaliyalik futbolchi Turinning “Yuventus” klubiga transfer qilindi.

Ronaldu “Qirollik klubi”dan ketgandan beri, Messi “el-klassiko”larda “Real Madrid” darvozasiga yo‘l topa olmayapti.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barselona Yuventus Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Real Madrid

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing