Xavi “Barselona”da qoladi

Sport

image

Xavi Ernandes fikrini o‘zgartirdi va “Barselona” bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub prezidenti Joan Laportaning o‘zi Xavidan qolishni talab qilganidan so‘ng, mutaxassis “Barselona”ning shartlarini qabul qildi va bosh murabbiylik faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Hozirda hamkorlikni davom ettirish ayrim rasmiy hujjatlar borasida tomonlar kelishib olishi kerak.

Futbolchi sifatida “Barselona” afsonasi bo‘lgan Xavi 2021 yilning kuzidan beri Kataloniya jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida “ko‘k-anorranglilar” 2023 yilda La Liga va Ispaniya kubogida g‘olib chiqdi.

Joriy mavsumda kataloniyaliklar chempionat tugashiga 6 tur qolgan “Real”dan 11 ochkoga ortda qolmoqda va chempionlik uchun faqat nazariy imkoniyatlarni saqlab qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi Joan Laporta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing