Yangi koronavirus AQSHga ham yetib bordi

Olam

image

AQSHda yangi turdagi koronavirusga chalinishning ilk holati qayd etildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The Washington Post” xabar bermoqda.

“Reyter” axborot agentligining yozishicha, kasallik nazorati va profilaktikasi matbuot kotibi ham ushbu xabarni tasdiqlagan.

Virus Vashington shtatida yashovchi fuqaroda aniqlangan, hozirda uning ahvoli me’yorda. Bu vaqtda hali AQSH sog‘liqni saqlash federal xizmati mamlakatga xorijdan kirib kelayotganlarni tekshirishni boshlamagan edi.

O‘tgan hafta Qo‘shma Shtatlar hukumati mamlakatning uch yirik aeroportida Xitoyning Uxan shahridan kelayotgan yo‘lovchilar tekshirilishini ma’lum qilgan edi. Gap Nyu-Yorkdagi Kennidi nomidagi aeroport, shuningdek, San-Fransisko va Los-Anjelesdagi aeroportlar haqida bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining oxirlarida Xitoyda yangi turdagi - 2019-nCoV koronavirusi aniqlangan edi. 21 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda ushbu virusga chalinganlar soni 319 kishini tashkil etdi. Shulardan 6 kishi vafot etdi.

Virus Xitoydan tashqari, Janubiy Koreya, Yaponiya va Tailandga ham yoyildi. Xitoy hukumatining rasman tasdiqlashicha, ushbu virus odamdan odamga yuqadi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Yangi koronavirus

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing