Farg‘onada ichki karantin postlari faoliyati to‘xtatildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida transport vositalari harakati cheklangan edi.

Respublikada karantin tartibi yumshatilishi munosabati bilan kecha, 4 may sanasidan boshlab Farg‘ona viloyati markazi hamda tumanlararo o‘rnatilgan ichki karantin postlari faoliyati to‘xtatildi.

“Fuqarolardan karantin postlari faoliyati to‘xtatilgan bo‘lsada, karantin qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi viloyat IIB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 29 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatda karantin choralarini yumshatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

190

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made