Poytaxt IIBB boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Unga ko‘ra, joriy yilning fevral oyidan buyon Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Muhiddin Jo‘rayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan. 

Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev 1979 yil 22 aprelda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 2014-2016 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i, 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

U 2018 yilning dekabr oyi oxirida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Shuningdek, 2019 yil iyulida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagandi.

Ma’lumot ushbu lavozim bir necha oydan beri bo‘sh qolayotgandi. Ungacha mazkur o‘rinda Ulug‘bek Botirovich Tursunov faoliyat yuritgan. 

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida ham yangi tayinlovlar amalga oshirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar IIBB Muhiddin Jo'raev

Baholaganlar

670

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing