Dunyoga ocharchilik xavf soladimi? BMT rasmiy bayonot berdi

Olam

image

COVID-19 pandemiyasi dunyo oziq-ovqat xavfsizligiga uzoq muddat tahdid tug‘dirmaydi, ammo davlatlar xalqaro savdoni ochiq saqlashlari va eski xatolarni takrorlab, cheklov qo‘ymasliklari kerak. Bu haqda BMT qoshidagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lum qilmoqda.

“Global ma’noda oziq-ovqat hamma uchun yetarli. Masalan, jahon don zaxiralari qulay darajada. Bug‘doy va boshqa asosiy ekinlar (masalan, guruch) yig‘ib olinishining 2020 yilga prognozi ijobiy”, dedi tashkilot vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya nazorat ostida bo‘lsa va qishloq xo‘jaligining inson, ijtimoiy, iqtisodiy kapitali isrof qilinmasa, “oziq-ovqat uchun uzoq muddatli tahdid bo‘lmasligi kerak”.

“FAO barcha davlatlarni xalqaro savdoda ochiq bo‘lishga, oziq-ovqat ta’minoti zanjirlarini himoya qilish uchun choralar ko‘rishga chaqiradi. Urug‘lik kabi resurslarni olishdan tortib, kichik fermerlarga o‘z mahsulotlarini sotish uchun bozorlarga chiqish uchun imkoniyat yaratish lozim”, deyiladi oziq-ovqat tashkiloti bayonotida.

FAO, shuningdek, davlatlarni aholining eng muhtoj qatlamiga e’tibor berishga va ijtimoiy himoya dasturlarini, shu jumladan, pul o‘tkazmalarini kengaytirishga chaqirdi. Ko‘pgina davlatlar allaqachon bu harakatlarni boshlab yuborgani ta’kidlandi.

“Muammodan olib chiqadigan eshikning kaliti xalqaro hamkorlikdir. Dunyoda oziq-ovqat yetarli va mahalliy tangliklarning oldini hamkorlik va ochiq savdo orqali olish mumkin. Bundan tashqari, 2008 yildagi inqiroz bizga eksportga qo‘yilgan taqiqlar barchaga zarar keltirishini o‘rgatdi. FAO dunyo siyosatchilarini ehtiyot bo‘lishga chaqiradi. 2007-2008 yillardagi oziq-ovqat inqirozi paytida yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik zarur”, deyiladi FAO bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

BMT

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing