Yevropa iqtisodi 2024 yilgacha o‘ziga kelolmaydi – “Financial Times”

Olam

image

Yevropa Ittifoqida koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli qariyb 59 million ish o‘rni xavf ostida qoldi. Bu haqda bugun, 20 aprel kuni “Financial Times” gazetasi yozmoqda.

Mavjud vaziyat YeIning xususiy sektorida band bo‘lganlarning to‘rtdan bir qismiga ta’sir qilishi mumkin. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, eng katta zarba ovqatlanish va uy-joy, shuningdek, mehmonxonalar sektoriga to‘g‘ri keladi. Ushbu yo‘nalishlardagi ishsizlik umumiy hisobning 74 foizini tashkil etadi.

Bu sektordagi ishlarning deyarli uchdan ikki qismi kichik va o‘rta korxonalarda joylashgan bo‘lib, ular yirik kompaniyalarga qaraganda masofadan turib ishlash va ijtimoiy masofa talablariga moslashish ancha qiyin kechadi.

Yoz davomida qattiq cheklovlar ostida bo‘ladigan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishsizlik koronavirusning tarqalishini oldini olish uchun kelgusi yilgacha 11,2 foizga ko‘tariladi. Ta’kidlanishicha, iqtisodiyot ko‘rsatkichlari 2024 yilga qadar avvalgi holiga qaytmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

79

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made