Yevropa Ittifoqi Gruziyada namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlikni qoraladi

Olam

image

Bugun, 1 may kuni Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi namoyishlar ishtirokchilarining hibsga olinishini keskin qoraladi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.

"Men Gruziya rasmiylarini tinch miting o‘tkazish huquqini ta’minlashga chaqiraman, ularni bostirish uchun kuch ishlatish hamda inson huquqlarining buzilishini qabul qilib bo‘lmaydi", deb yozgan Borrel. 

Ma’lumot uchun, so‘nggi kunlarda Gruziyada muxolifat kuchlari munozarali qonun qabul qilinishiga qarshi namoyishlar o‘tkazib, parlamentdan qonun loyihasini qaytarib olishni talab qilmoqda. Joriy yilning 28 aprel kuni Tbilisidagi Respublika maydonida 20 mingga yaqin odam yig‘ilgan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kechqurun Gruziya poytaxti Tbilisida "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi namoyishga chiqqan 63 kishi hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Evropa Ittifoqi Jozep Borrel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made