“O‘zbekkonsert”ning direktori o‘zgardi

Madaniyat-san’at

image

"O‘zbekkonsert" davlat muassasasining 2023 yildagi 9 oylik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida tashkilotning direktori o‘zgarishi ma’lum qilindi. Bu haqda “O‘zbekkonsert" o‘zining rasmiy sahifasida xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan muassasa rahbari vazifasini bajarib kelgan Davron Sheraliyev vazifasidan ozod etilgan, shu paytga qadar direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan Sanjar Erdanov esa "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

Shuningdek, ushbu yig‘ilishda ayrim rahbarlarga ogohlantirish berilgan.

"Muassasa markaziy apparati va barcha hududiy bo‘limlarning hisoboti eshitilib, natijalar jiddiy tahlil qilindi. O‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlarining ayrimlari oxirgi marotaba  ogohlantirildi. Shuningdek, joriy yilning yakunigacha ish faoliyatida ijobiy natijaga erishishlari zarurligi bildirilib, o‘zgarish bo‘lmasa, vazifasidan ozod etilii ta’kidlandi", deyiladi xabarda. 

Unga ko‘ra, endi muassasaning ish faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi va bir oy mobaynida yangi ijodiy loyihalar bo‘yicha aniq choralar belgilanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Sanjar Erdanov shu vaqtgacha Madaniyat vazirligining Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida, 2022 yil avgustdan buyon esa "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekkontsert Madaniyat vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing