Sobiq adliya xodimi Madaniyat vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

Avazxon Bahodirovich Tojixonov Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva xabar berdi. 

Uning ma’lum qilishicha, 2018 yildan beri adliya tizimida faoliyat yuritib kelayotgan Avazxon Tojixonov Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 

“Tojixonov Adliya vazirligi xuzuridagi “Axborot-tahlil multimedia markazi”ga rahbarlik davrida  jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish hamda Prezident hujjatlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelgan. Vazirlik jamoasi uning kelgusidagi ishlariga rivoj tilaydi”, deydi Sevara O‘rinboyeva.

Tojixonov 1978 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy – 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident joriy yilning 26 iyul oqshomida Madaniyat va turizm vazirligini Madaniyat vazirligiga aylantirish bo‘yicha hujjatni qabul qilgan edi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ozodbek Ahmadovich Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga tasdiqlandi. 

Ma’lumot uchun, Nazarbekov nomi bir necha bor o‘zgargan ushbu vazirlikni 2020 yilning sentyabridan beri boshqarib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Madaniyat vaziri birinchi o'rinbosar Avazxon Tojixonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing