O‘zbekistondagi “zapravka”larda 6 mln litrdan ortiq sifatsiz benzin aniqlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda oktyabr oyida 6 million 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

"Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”ning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 91 holatda 6 millon 105 ming litr neft mahsulotlari sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar tezda bartaraf etilishi bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kuchlik neft bazasi (73,2 tonna), Navoiy neft bazasi ( 38,7 tonna), Urganch neft bazasi (2,072 ming tonna) va Buxoro neft bazasi (1,86 ming tonna) MCHJlarida saqlanayotgan avtobenzin sifati davlat standarti talablariga javob bermasligi aniqlangandi.

Shuningdek, O‘zbekistonda sifatsiz benzin sotgan va narxni asossiz oshirgan qator AYOQSHlarga benzin xarid qilishga cheklov o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AYoQSh sifatsiz benzin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing