O‘zbekistondagi o‘rtacha maosh miqdori ma’lum qilindi

Jamiyat

image

2024 yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,8 foizga o‘sib, 4 mln 920 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Hududlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahri (8 mln 117 ming), Navoiy (6 mln 500 ming) va Toshkent viloyatida (4 mln 764 ming) qayd etilgan.

Eng kam maoshlar esa Surxondaryo (3 mln 543 ming), Qashqadaryo (3 mln 594 ming) va Namangan (3 mln 642 ming) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Qolgan viloyatlarda esa o‘rtacha maosh miqdori quyidagicha ko‘rsatilgan:

  • Andijon viloyati – 4,4 mln;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4,1 mln;
  • Xorazm viloyati – 4,01 mln;
  • Buxoro viloyati – 4 mln;
  • Sirdaryo viloyati – 3,9 mln;
  • Farg‘ona Jizzax, Samarqand viloyatlari – 3,7 mln.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qaysi soha vakillari ko‘p maosh olishi haqida ma’lum qilingandi.

 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston maosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made