O‘zbekistonda favqulodda holat rejimi joriy etilmagan – Respublika maxsus komissiyasi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq favqulodda holat joriy etilmagan. O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining rasmiy bayonotida ma’lum qilinmoqda. 

“O‘zbekistonda favqulodda holat rejimi joriy etilgani haqidagi mish-mishlar aniq bo‘rttirilgan. Bunday hujjatni tayyorlash to‘g‘risida tarqatilgan ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. 

Noto‘g‘ri ma’lumotni tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy kodeksida qat’iy jazolar ko‘zda tutilgan”, deyiladi komissiya bayonotida. 

 O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 24 mart soat 00:01 dan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgandi

Komissiyaning kecha 28 mart kuni qabul qilgan qaroriga ko‘ra, ertaga 30 martdan 20 aprelgacha O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopiladi va aviaqatnovlar butunlay to‘xtatiladi. Jumladan, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlandi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 133 nafarga yetdi. Virusdan ikki kishi vafot etdi, 7 kishi sog‘ayib, oilasi bag‘riga қайтди.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Favqulodda holat

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made