O‘zbekiston YeOII a’zosi bo‘lishiga umid qilamiz – Rossiya

Jamiyat

image
O‘zbekiston YeOIIda mustaqilligini yo‘qotadimi? So‘z rossiyalik diplomatga north_east

O‘zbekiston YeOIIda mustaqilligini yo‘qotadimi? So‘z rossiyalik diplomatga

Rossiya 2020 yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olgan O‘zbekiston kelajakda tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘ladi, deb hisoblamoqda. Bu haqda RF Bosh vazirining o‘rinbosari Aleksey Overchuk Gaydar forumidagi nutqida aytib o‘tdi, deb xabar berdi "Interfaks".

“Biz O‘zbekistonni ittifoq a’zosi sifatida ko‘rishga ishonamiz va barcha a’zolar bunda ko‘mak beradi. Rossiya ham bu masalada O‘zbekistonga yordam beradi”, degan Overchuk O‘zbekiston Rossiya uchun geografik, madaniy va tarixiy jihatdan yaqinligini ta’kidlab.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tashkilotdagi maqomiga qaramay, uning iqtisodiyoti YeOII davlatlari, avvalo Rossiya iqtisodiyoti bilan yaqinlashyapti.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) videoanjuman shaklidagi sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2016 – 2019 yillarda O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan umumiy savdo aylanmasi 4,5 mlrd dollardan 9,1 mlrd dollarga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-EOII

Baholaganlar

588

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made