Koronavirusdan butunlay qutulganlar 14 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

Avvalroq, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Qoraqalpog‘istonda koronavirusdan davolanayotgan jami 15 kishi butkul sog‘aygani haqida xabar bergan edik. Ko‘p o‘tmay esa toshkentdan ham xushxabar keldi.

Bugun, 18 aprel kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 14 nafari butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vaziri mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘aygan bemorlarning 10 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 8 nafari poytaxtimizdan, 2 nafari Toshkent viloyatidan va 1 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarkand, Sirdaryo va Navoiy viloyatlaridan. Bemorlardan uch nafari Rossiyadan charter reysda Toshkentga kelishgan. Qolgan 11 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiyani yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 56 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda. 

Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi. Ularning tuzalishida mazkur klinika jamoasi birdamligi, mahorati va tajribasi hal qiluvchi rol o‘ynaganini alohida ta’kidlash lozim.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 185 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirgan bemorlar soni 1450 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 4 nafari vafot etganMavjud bemorlar soni 1261 kishini tashkil qilmoqda.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made