IIV: Karantin vaqtida Jizzaxda ota o‘g‘lining 24 nafar sinfdoshiga ziyofat uyushtirgan

Jamiyat

image

Kecha, 3 aprel kuni, Jizzax viloyati, Arnasoy tumani, “Cho‘lquvar” qishlog‘i, Q.Eshnazarov ko‘chasida yashovchi 1967 y.t. X.Q. o‘zining o‘g‘li M.Q. 28 mart kuni harbiy xizmatni o‘tab qaytganligi munosabati bilan o‘zining uyida ziyofat bergan. Ziyofatga o‘g‘lining 24 nafar sinfdoshlarini chaqirgani aniqlangan. X.Q. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.

IIV Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 25 057 ta holat aniqlangan. Ular:

•    Toshkent shahrida – 4 241 ta holat; 
•    Farg‘ona viloyatida – 3 019 ta holat;
•    Toshkent viloyatida – 2 641 ta holat;
•    Samarqand viloyatida – 2 449 ta holat;
•    Qashqadaryo viloyatida – 1 977 ta holat;
•    Namangan viloyatida – 1 727 ta holat;
•    Jizzax viloyatida – 1 503 ta holat;
•    Andijon viloyatida – 1 451 ta holat;
•    Sirdaryo viloyatida – 1 399 ta holat;
•    Surxondaryo viloyatida – 1 330 ta holat;
•    Buxoro viloyatida – 1 121 ta holat; 
•    Xorazm viloyatida – 1 040 ta holat;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 867 ta holat;
•    Navoiy viloyatida – 292 ta holatni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronaviurs infeksiyasining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun karantin rejimi o‘rnatilgan. Karantin doirasida odamlar to‘planadigan turli tadbirlar o‘tkazish taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 241 nafarga yetdi. Ularning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing